Biz nima o’ynaymiz:
«Nima? Qaerda? Qachon?» sport o’yini
«Nima? Qaerda? Qachon?» sport o’yini — «savol-javob» ko’rinishidagi jamoaviy o’yinidir. Tele o’yindan farqli o’laroq, NQQ o’yininig sport ko’rinishida bir vaqtning o’zida bir nechta jamoa ishtirok etadi, ularning barchasiga bir hil savollar beriladi. Javoblar yozma ravishda topshiriladi va eng ko’p to’g’ri javob bergan jamoa g’alaba qozonadi.
NQQ o’yininig sport ko’rinishi Rossiya va xorij davlatlari (AQSH, Germaniya, Isroil, Avstraliya, Kanada va boshqa davlatlar) da keng tarqalgan. NQQ klublari Rossiya va sobiq ittifoq mamlakatlarining ko’pchilik yirik va aksariyat kichik shaharlarida tashkil etilgan. Ushbu klublarning ko’pchiligi nafaqat ichki, balki boshqa shahar va davlatlardan jamoalar ishtirok etadigan ochiq musobaqalarni tashkillashtiradilar(eng katta musobaqalarda 100 dan oshiq jamoalar ishtirok etadi).
NQQ klublari registridan, o’z ichiga 10 dan oshiq jamoalarni oladigan talaba va maktab klublaridan tashqari 237 klub joy olgan (fevral 2007 yil). Batafsilroq ma’lumotni, misol uchun http://register.chgk.info/znatoki/cgi-bin/register.cgi saytidan olish mumkin.
Boshqa tillar | Other languages
|